Jamiyat | 10:55 / 06.05.2025
2913
2 daqiqa o‘qiladi

Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda noqonuniy olib kirish-olib chiqishga urinish holatlarida necha pullik madaniy boyliklar aniqlangani ma’lum bo‘ldi. 

Foto: Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi xabar berishicha, Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan 2025 yilning I choragida madaniy boyliklarni himoya qilish, ularni respublikadan olib chiqish yoki olib kirish holatlarini tartibga solish borasida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi.

Xususan, ushbu davr mobaynida madaniy boyliklarni olib chiqish uchun 258 ta sertifikatlar rasmiylashtirilib, jami 2 005 ta ashyoni olib chiqishga ruxsat berildi. Shuningdek, vaqtincha olib chiqishga oid 24 ta sertifikat asosida 229 ta eksponat ruxsat asosida olib chiqildi. 

Noqonuniy olib kirish yoki olib chiqishga urinish holatlarida musodara qilingan 1 616 ta ashyo badiiy ekspertizadan o‘tkazilib, 126 ta ekspert xulosasi tayyorlandi. O‘rganishlar davomida ashyolarning umumiy bahosi 219,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

“Milliy merosga mening hissam!” aksiyasi doirasida 2025 yil uchun 3 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, aholidan umumiy qiymati 7 mlrd so‘mlik 132 ta madaniy boylik yig‘ildi. Ularni xarid qilish masalasi Badiiy ekspertlar kengashi majlisida ko‘rib chiqildi. 

Mavzuga oid