Alisher Qodirov: «Bu saylovda hech kim yutmadi»

22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tgan saylovlarda egallangan deputatlik o‘rni bo‘yicha partiyalar o‘rtasidagi farq katta emas, deb hisoblaydi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.
Kun.uz muxbiri saylov yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan so‘ng Alisher Qodirov bilan suhbatda bo‘ldi.
«O‘tgan saylovlarga nisbatan olingan ovozlarni tahlil qilib ko‘ring. Men bu saylovlarda hech qaysi partiya yutmadi, deb hisoblayman. Chunki saylovchilar tomonidan berilgan signal aniq ishonch hech kimga berilmaganini ko‘rsatdi. Bundan to‘g‘ri xulosa qilish kerak.
Shuncha harakatlarga qaramay, saylovchilarga ishonchni, aniq signallarni berolmaganimiz – bu bizning aybimiz. Lekin ijobiy holat sifatida shuni qabul qilish ham kerakki, parlamentda yetakchi kuch sifatida saylovchi hech kimni aniq ajratib ko‘rsatmayapti.
Bunda saylovchilarimizning optimistik ruhini ham to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Lekin bir narsa aniq: parlament o‘zgaradi.
Bu parlament avvalgilaridan aniq fikrlar maydoni, aniq fikrlar to‘qnashuvi va saylovchining manfaatlari uchun kurashadigan parlament bo‘lishi bilan farq qiladi», – deydi partiya yetakchisi.
Qodirov shuningdek, bu saylovlarda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi yutishi avvaldan aniqmidi, mazmunidagi savolga ham javob qaytardi.
«Yo‘q, biz to‘liq ustuvorlik uchun kurashdik. Biz yetakchi partiya bo‘lish uchun kurashdik va hali bu umidimizdan voz kechganimiz yo‘q. Kechagi saylovlardan keyin ham 22ta okrugda saylovlarning davom etayotganligi biz uchun yetarli imkoniyat».
Eslatib o‘tamiz, 150ta saylov uchastkasidan 128tasida bo‘lib o‘tgan deb hisoblanayotgan saylov natijalariga ko‘ra, Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP – 43ta, «Milliy tiklanish» 35ta o‘rinni egalladi.
«Adolat» SDPning 21, Xalq demokratik partiyasining 18 nafar nomzodi parlamentga o‘tgan bo‘lsa, Ekologiya partiyaning 11 a'zosi parlament deputatiga aylandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda G‘azoda doimiy otashkesim o‘rnatish talabi bilan ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
Jahon | 10:58
-
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi
Jamiyat | 10:41
-
Rossiya O‘zbekistonda bolalar ovqatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Iqtisodiyot | 10:40
-
Tramp Maskning yangi partiya yaratish g‘oyasini «kulgili» deb atadi
Jahon | 10:26
Mavzuga oid

16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida

11:18 / 23.03.2025