Yunusoboddagi hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Qurbonlarning oila a'zolariga qo‘shimcha kompensatsiya ham to‘lanadi

Favqulodda vaziyat vazirligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat bo‘yicha navbatdagi ma'lumotni taqdim etdi. Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan.
«Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida olti nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsi aniqlandi. Qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanib, Komissiya ishining birinchi fazasi nihoyasiga yetdi.
Ayni paytda Komissiya tomonidan hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish hamda bartaraf qilish ishlari jadal davom ettirilmoqda, mazkur holatning vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan va yo‘l qo‘ygan mas'ul tashkilot va shaxslar aniqlanmoqda. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida shu va boshqa ko‘ngilsiz holatlar takrorlanishi oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Baxsiz hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yashash manziliga yetkazildi. Pudratchi-quruvchi tashkilotlar tomonidan ularning oila a'zolari va yaqinlariga 100 million so‘mlik dastlabki tovon pullari to‘lab berildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan qo‘shimcha kompensatsiya pullari to‘lab beriladi.
Ayni paytda viloyatlar hokimliklari va jamoatchilik vakillari marhumlarning oilasidan xabar olib, zarur yordam ko‘rsatmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan avvalroq «O‘zbekiston temir yo‘llari» marhumlarning yaqinlariga 100 million so‘mdan kompensatsiya ajratilgani haqida ma'lum qilgandi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi va 258-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisorakda 1,5 mln dollarga kichik GES qurildi
O‘zbekiston | 10:56
-
7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi
O‘zbekiston | 10:55
-
Niderlandiya Qrim tatarlarining deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
Jahon | 10:25
-
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi
Jahon | 10:23
Mavzuga oid

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025