Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
Poytaxtdagi birinchi jamoatchilik yashil parki shovqin-surondan xoli bo‘lishi, ekologik talablarga to‘liq javob berishi, unga kirish bepul bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi xaroba va qarovsiz bo‘lgan hudud jamoatchilik yashil parkiga aylantiriladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, park hududi 2020 yilgacha tashlandiq holatda bo‘lgan. Hozir 1200 tupdan ortiq daraxt va 23 ming tup buta ekilib, 7,5 gektar maydonda yashil bog‘ barpo etilmoqda.
Ta’kidlanishicha, poytaxtdagi birinchi jamoatchilik yashil parki shovqin-surondan xoli, ekologik talablarga to‘liq javob beradi. Hududda atirgul bog‘i barpo qilinadi, tabiiy ko‘l yaratiladi, qushlar uchun inlar quriladi. Hamma yo‘laklar toshlardan, o‘rindiqlar esa qurigan daraxtlardan, ya’ni to‘liq tabiiy materiallardan qilinadi. Shuningdek, yil davomida ketma-ket gullaydigan o‘simliklar ekiladi va bu parkning doimiy ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiladi.
Xabarga ko‘ra, jamoat parkiga kirish mutlaqo bepul bo‘ladi. Park hududida chiqindi tashlash qat’iy taqiqlanadi (chiqindilarni faqat parkka kirish va chiqish joyida o‘rnatilgan chiqindi qutilariga tashlanishi mumkin), bu esa hududning ekologik toza maskanga aylanishini ta’minlaydi. Park to‘liq Yevropa, jumladan, Yaponiya tajribasi asosida barpo qilinmoqda, bu yerda faqat mahalliy, o‘zimizning iqlimga mos daraxtlar ekiladi.
Xabarda parkning qachon ishga tushirilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

22:28 / 16.04.2025