Yunusoboddagi avariya joyida tuproq ostidan yana bir jasad olib chiqildi. Qurbonlar soni 6 nafar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan navbatdagi ma'lumotni taqdim etdi. Unga ko‘ra, qurilish ishlari vaqtida yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetgan.
Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan:
1. 1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;
2. 1989 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;
3. 1999 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;
4. 1986 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;
5. 1996 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li.
6. 1981 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To‘lqinovichdir.
«Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga barcha zarur moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Vazirlik rahbariyati va barcha shaxsiy tarkibi nomidan hodisa oqibatida qurbon bo‘lgan fuqarolarning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025