Meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha klasterlar tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Qarorda bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinayotgani, 2010 yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 1,6 foizgacha kamaygani e'tirof etilgan.
Sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish imkoniyati mavjud.
Meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy etilayotgan tartibga muvofiq:
· meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha klasterlarni tashkil etish tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuv asosida amalga oshiriladi;
· meva-sabzavot klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar, qoida tariqasida, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orasidan, ularning tajribasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlab olinadi, bunda birinchi navbatda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha to‘liq ishlatilmayotgan quvvatlarni ishga tushirish nazarda tutiladi;
· meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilarni meva-sabzavot klasterlariga biriktirish ular bilan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar hamda tuman hokimligi o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali amalga oshiriladi;
· meva-sabzavot klasteri ishtirokchilari – mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali tartibga solinadi;
· mahsulot yetkazib berish shartnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari tomonidan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning takliflari asosida qabul qilinadigan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar va uch tomonlama kelishuv shartlari asosida tuziladi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
· mahsulot yetkazib berish shartnomalari fuqarolik qonun hujjatlari talablari asosida tuziladi, ularda shu jumladan mahsulot narxini haqiqiy xarajatdan kelib chiqib aniqlash, xarid qilinadigan mahsulot uchun oldindan ajratiladigan avans mablag‘lari hisobiga mahsulot yetishtiruvchilarni urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa resurslar bilan ta'minlash, agrotexnika va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish nazarda tutiladi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SOHR: Minglab alaviylar zo‘ravonliklar tufayli Xmeymim bazasiga qochib kirdi
Jahon | 14:23
-
Toshkentda shifobaxsh o‘simlikdan noyob dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin
Iqtisodiyot | 14:21
-
Ispaniyada kir yuvish mashinasiga tiqilib qolgan qiz qutqarildi
Jahon | 14:20
-
SpaceX Crew Dragon'ning XKSga startini so‘nggi daqiqada kechiktirdi
Jahon | 14:11
Mavzuga oid

13:43 / 10.08.2023
2022 yil O‘zbekistonda 1,8 mln tonna uzum yetishtirildi - QXV

19:51 / 27.07.2023
Uzumchilikda Oltiariq tajribasi kengaytiriladi

19:17 / 07.04.2023
Futbolni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori imzolandi

21:15 / 23.02.2023