Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi MDHning ko‘p davlatlariga nisbatan kam – Odilbek Isoqov

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi miqdori MDHning ko‘p davlatlariga nisbatan past. Bu haqda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Tashqi qarzimiz MDHning ko‘p mamlakatlariga nisbatan past. Jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri Gruziyaning tashqi qarzi YaIMning 38,7 foizini tashkil etadi», – dedi Isoqov seshanba kuni bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.
O‘zbekistonda esa davlat tashqi qarzi YaIMning 23,5 foizini tashkil qiladi.
«Tashqi qarzning miqdori albatta muhim. [Lekin] qarz qanday ishlatilyapti, qanday sohalarga pul tikilyapti va buning iqtisodiyotga, xalqimizning farovonligi uchun ta'siri qanday bo‘layotgani ko‘proq muhim deb hisoblayman», – deb qo‘shimcha qildi Moliya vaziri o‘rinbosari.
Vazirlik taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 1-yarim yil holatiga ayrim davlatlarda davlat tashqi qarzining YaIMga nisbati quyidagicha: Armaniston – 43,3 foiz, Tojikiston – 38 foiz, Belarus – 33,5 foiz, Ozarbayjon – 29,7 foiz, Ukraina – 27,7 foiz, Vetnam – 21,7 foiz, Turkiya - 15,8 foiz, Qozog‘iston – 14,2 foiz.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Odilbek Isoqov o‘zbekistonliklarni davlat qarzlari masalasida xavotirlanmaslikka chaqirgani xabar qilingan edi.
O‘zbekiston qaysi sohalarni rivojlantirish uchun chetdan eng ko‘p qarz olgani ma'lum bo‘ldi
Yarim trillion dollarlik oltin-valuta zaxirasiga ega davlatlar ham chetdan qarz oladi – Odilbek Isoqov
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

14:40 / 20.06.2025
O‘zbekistonda tashqi qarz olish limitlariga rioya qilish kerak – XVJ

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

15:02 / 27.05.2025