2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi
2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 42,4 mlrd dollarga yetdi. Davlat qarzining 35,5 mlrd dollari – tashqi qarz, 6,9 mlrd dollari esa – ichki qarz. Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 mlrd dollarga yoki 20 foizga oshgan.

Foto: REUTERS
2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 42 mlrd 431 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Davlat qarzining 35,55 mlrd dollarini – tashqi qarz, 6,87 mlrd dollarini esa – ichki qarz tashkil etgan.
Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 mlrd 82 mln dollarga ko‘paygan. YaIMga nisbatan ulushi ham 1,8 foizga oshib, 31,7 foizdan 33,5 foizga yetgan.
Taqqoslash uchun, 2024 yilning 1 aprel holatiga davlat qarzi 35 mlrd 349 mln dollarni tashkil etgan. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 20 foizga oshgan.
Jalb qilingan qarz mablag‘lari nimaga ishlatilgan?
2024 yil yakuniga ko‘ra, jami davlat tashqi qarzining 45 foizi (15 mlrd 291 mln dollar) budjetni qo‘llab-quvvatlashga, 17 foizi (5,74 mlrd dollar) yoqilg‘i-energetika sohasiga, 8 foizi (2,8 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 9 foizi qishloq va suv xo‘jaligiga (2,9 mlrd dollar) yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston kimlardan qarz olgan?
Joriy yil 1 yanvar holatiga davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
- Jahon banki — 7,6 mlrd dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki — 7,4 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 4,1 mlrd dollar;
- Xitoy moliya tashkilotlari – 3,8 mlrd dollar;
- Yaponiya moliya tashkilotlari — 2,9 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,6 mlrd dollar;
- Islom taraqqiyot banki — 944 mln dollar;
- Fransiya moliya tashkilotlari – 977 mln dollar;
- Koreya moliya tashkilotlari — 740 mln dollar;
- Xalqaro valuta jamg‘armasi — 669 mln dollar;
- Germaniya davlat banki — 415 mln dollar;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 341 mln dollar;
- Boshqa moliyaviy tashkilotlar — 1,9 mlrd dollar.
Avvalroq 2024 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 64,1 mlrd dollarni tashkil qilgani xabar berilgandi. Shundan korporativ tashqi qarz hajmi 30,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilyapti. Shundan 3 mlrd dollari davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun, qolgan qismi esa investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P

20:44 / 17.04.2025
Tashqi qarz miqdori: xalqaro tavsiyalar va joriy vaziyat qanday?

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

13:22 / 25.02.2025