Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi

Foto: IIV axborot xizmati
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, filialda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash» soha mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriatning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi.
Unda yuridik kadrlarni tayyorlashga yoshi o‘n sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari test sinovlari asosida o‘qishga qabul qilinadi. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘qishga hujjat topshirishda umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta-maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha xodim yoki harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodirligiga e'tibor beriladi. O‘qishga qabul qilishda talabgor bo‘yining balandligi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi, ya'ni erkaklarga – 165 santimetrdan, ayollarga – 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
2019/2020 o‘quv yilida jami 268 nafar talabalar o‘qishga qabul qilindi. Filial diplomining mavjudligi ichki ishlar organlariga O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida maxsus kasbiy tayyorgarlikni o‘tmasdan, «leytenant» maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos bo‘ladi. Filialda o‘qishni tamomlaganlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimida kamida 5 yil ishlab berish majburiyatini oladilar.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
Jahon | 21:52
-
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin
Jahon | 21:16
-
Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV
Jahon | 19:42
-
Belarus muxolifati vakili Sergey Tixanovskiy qamoqdan ozod etildi
Jahon | 19:22
Mavzuga oid

07:43 / 14.04.2022
Arxitektura yodgorligi bo‘lgan Yuridik universitet binosida o‘zboshimchalik bilan devorlar teshilgani aniqlandi

18:07 / 10.12.2021
Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

13:14 / 30.10.2021
Yuridik universitetga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

09:17 / 18.08.2021