Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik universitetga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi
2023/2024 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.
Bular: 1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fan – Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi; 2-bo‘limda “yurisprudensiya” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, TDYuUga o‘qishga kirishda test sinovlarining 2-bloki, ya'ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan.
Bildirilishicha, mazkur taklifning joriy etilishi quyidagi qator natijalarga xizmat qiladi:
- maktab yoshidanoq bolalarni huquqiy fanlarni chuqur o‘zlashtirishga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rganishga;
- maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;
- huquqshunoslik fanlaridan ta'lim beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi;
TDYuUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishiladi.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda davlat va huquq asoslari hamda konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari o‘qitib kelinmoqda. Test savollari ushbu darsliklar asosida tuziladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
Mavzuga oid

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi

18:39 / 11.10.2024