Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim o‘rinbosarini yoqib yubormoqchi bo‘lgan yakkabog‘lik tadbirkor shartli ravishda ozodlikka chiqarildi

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari va tadbirkor Bahriddin Isomov
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Bahriddin Isomovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga, 2019 yil 20 iyul kuni Bahriddin Isomov Yakkabog‘ tumanidagi “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘oni ko‘chalarida obodonlashtirish va qurilish ishlari jarayonida tuman hokimining o‘rinbosari Mansur To‘ymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib yuborib, o‘ldirishga suiqasd qilganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asos bo‘lgan.
B.Isomov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g, l” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan.
Tergov davomida o‘tkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isomov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isomovga nisbatan e'lon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.
Bundan tashqari, tergov davomida Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari M.To‘ymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192-1-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e'lon qilingan hamda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi 2019 yil 30 avgust kuni ayblov xulosasi bilan JIB Yakkabog‘ tumani sudiga yuborildi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:17 / 19.06.2025
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi

17:22 / 08.04.2024
Yakkabog‘da odamlarga noma’lum hayvon hujum qilgani aytildi

07:25 / 22.09.2022
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari mushtlashuvda ishtirok etdi

11:55 / 04.04.2021