Samarqandda fuqaroning yuziga sirka sepib yuborgan 22 yoshli shaxs ushlandi

Illyustrativ foto
Samarqandda fuqaroning yuziga sirka sepib jarohat yetkazgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2019 yil 20 iyul kuni soat 20:00larda Samarqand tumanida Past Darg‘om tumani Xonchorbog‘ MFYda yashovchi 22 yoshli Sh.A. Obod turmush MFY hududida o‘zaro janjal tufayli Oqdaryo mahallasida yashovchi 33 yoshli S.B.ning yuziga qo‘lida bo‘lgan yelim idishdagi sirka kimyoviy aralashmasini sepib yuborgan.
Natijada S.B. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilib, Sh.A. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:41
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025