Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: 74.ru
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 26 iyul kuni Chelyabinsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi B.R.ni yo‘lni kesib o‘tayotganida yuk avtomashinasi urib ketdi va u voqea joyida vafot etdi.
TIV xabarida aytilishicha, Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi hamda Chelyabinsk shahridagi o‘zbek diasporasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilyapti.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: AQSh muzokarachilari Moskvaga jo‘nab ketdi
Jahon | 08:21
-
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston | 07:59
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:47 / 27.07.2024