Navoiydagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda
Navoiy viloyatida aholining mazmunli dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan maskanlar talaygina. Ayniqsa, zamonaviy ko‘rinishda barpo etilayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari, ularda aholining ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun yaratilayotgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish tizimi kundan-kunga yuksalib borayotganligi quvonarlidir.
Ayniqsa, Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i bugungi kunda viloyat aholisi hamda mehmonlarining asosiy ko‘ngilochar maskanlaridan biriga aylangan.
Istirohat bog‘i rahbariyati va xodimlari aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida bog‘ hududida bir qator obodonlashtirish, yangi attraksionlar bilan boyitish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Ayni vaqtda bog‘ hududida turli o‘yingohlar tashkil etilgan va 36 turdagi attraksionlar mavjud.
«Charxpalak», «Karusel», «Uchar stulchalar», «Kichik charxpalak», «Kichik lodka», «Kichik poyezdcha», «Samolyotcha», «Raketa», «Arg‘imchoq», «Elektroavtobuslar» kabi attraksionlar shular jumlasidandir.
Bog‘ hududini obodonlashtirish jarayonida barcha yoritgichlar yangilandi va favvoralar qayta ta'mirlandi. «Akvapark» suv majmuasida mavsumoldi tayyorgarlik ishlari olib borildi. O‘yingoh va attraksionlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha doimiy ravishda tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Ayni vaqtda bog‘ hududida savdo shaxobchalari, kafe va muzqaymoq pavilonlari aholi xizmatida. Bundan tashqari, istirohat bog‘ida turli madaniy tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Ayniqsa, istirohat bog‘i tungi vaqtda yanada tarovatli bo‘lib, tashrif buyuruvchilar bilan gavjum bo‘ladi. Bayramona bezatilgan sahnalarda viloyat san'atkorlari tomonidan tashkil etilgan konsert va shou dasturlari istirohat bog‘iga tashrif buyuruvchilarning ko‘nglini yanada xushnud etmoqda.
Istirohat bog‘i yaqinida «Vatanparvar bog‘i» tashkil etilgan bo‘lib, viloyat yoshlarini vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i bugungi kunda o‘zgacha ko‘rk va zamonaviy qiyofaga ega bo‘lib, viloyat aholisining bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazadigan, ayniqsa, ota-onalar farzandlari bilan madaniy hordiq oladigan so‘lim maskanga aylangan.
Reklama huquqi asosida
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 19:53
-
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:49
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:43
-
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025