Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakili: onalar o‘limi 55 foizga kamaydi

Mamlakatda shoshilinch akusherlik xizmatlari tizimi yaratilishi hisobiga onalar o‘limi 1990 yilga nisbatan 55 foizga kamaydi. Bu haqida «Oila» markazi direktor o‘rinbosari Dilbar Alimjonova BMT sessiyasida so‘zlagan nutqida ma'lumot berdi.
1-5 aprel kunlari AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Dilbar Alimjonova ham ishtirok etib, mamlakatning oila institutini mustahkamlash borasidagi siyosati haqida nutq so‘zladi.
Alimjonova sessiya ishtirokchilarini 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi tarkibiga kiritilgan rejalar va ularning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishtirdi.
— Harakatlar Strategiyasi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oila institutini yanada mustahkamlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish sohalarida katta islohotlar amalga oshirilyapti. Va har yili bu sohalarga davlat budjetining 50 foizdan ko‘prog‘i sarflanadi.
Respublikada oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar, o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlash, tug‘ma irsiy kasalliklarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda, – degan Dilbar Alimjonova o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan edi. Unga ko‘ra zamonaviy reproduktiv texnologiyalar, xususan, EKO (sun'iy urug‘lantirish) usuli yordamida bepushtlikka qarshi kurashish uchun ruxsat berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
Mavzuga oid

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15 / 14.07.2025
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025