Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi O‘RQ-327-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
3-modda (Oilaviy tadbirkorlik):
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qism bilan to‘ldiriladi:
«Mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar, barcha oilaviy korxonalar ustav asosida faoliyat yuritadi.
Oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirishdan olingan daromad va xarajatlar oilaviy tadbirkorlik ustaviga muvofiq oila a'zolari o‘rtasida taqsimlanadi.»;
beshinchi qism tegishlicha yettinchi qism deb hisoblanadi;
4-moddaning (Oilaviy korxona) oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni cheklanmaganligi belgilansin. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo‘lmasligi kerak. Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni cheklanmaganligi belgilansin. Bunda oilaviy korxona bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) tuzilgan barcha xodimlarni, shuningdek fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlayotgan xodimlarni o‘z ichiga oladi.»;
6-modda (Oilaviy korxona boshlig‘i) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:
«Oilaviy korxona boshlig‘ining qarori bilan oilaviy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda meros orqali berilishi mumkin.
Oilaviy korxona boshlig‘i bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoki vafot etganda oilaviy korxonaga boshliq oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ularning biridan ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.»;
12-modda (Oilaviy korxonaning huquq va majburiyatlari):
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va o‘n oltinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:
«oilaga tegishli mulkka, shu jumladan meros qilib berish, sovg‘a qilish, sotish, korxona (mol-mulk) yoki uning bir qismini beg‘araz o‘tkazish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish»;
«tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda afzalliklar olishga qaratilgan, qonun hujjatlarga va boshqa tadbirkorlik sub'yektlari bo‘lgan raqobatchilarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi»;
sakkizinchi – o‘n to‘rtinchi qismlar tegishlicha to‘qqizinchi – o‘n beshinchi qismlar deb, o‘n beshinchi – o‘n oltinchi qismlar tegishlicha o‘n yettinchi – o‘n sakkizinchi qismlar deb hisoblanadi;
18-modda (Oilaviy korxona mahsulotini realizatsiya qilish) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Oilaviy korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni naqd pulli va (yoki) naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha realizatsiya qilishi mumkin. Oilaviy korxona mahsulotini realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.»;
28-moddaning (Oilaviy korxonaning kommunal infratuzilma obektlaridan foydalanishini ta'minlash) birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda hamda noturar-joy bino-inshootlardan foydalanilganda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta'minoti, kanalizatsiya, gaz ta'minoti va issiqlik ta'minoti) haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.».
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025