«MIFI»ning Toshkentdagi filialiga qabul iyun oyidan boshlanadi

Foto: Sphti.ru
Rossiyaning «MIFI» (Moskovskiy injyenerno-fizicheskiy institut - Moskva muhandislik-fizika instituti) milliy tadqiqot yadroviy universiteti (MTYaU) Toshkentdagi filialiga ilk abituriyentlarni qabul qilishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oliy ta'lim muassasasasi (OTM)ga qabul kampaniyasi shu yilning iyun oyidan boshlanadi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri «MIFI» MTYaU filiali rahbari Alisher Sanetullayevdan olingan ma'lumotlarga asoslanib.
"Hozirda «MIFI» MTYaU filiali ochilishiga tayyorgarlik ishlari bir necha yo‘nalish bo‘yicha faol ketmoqda: bu filialning ta'lim faoliyatini "Rosobrnadzor" (Rossiyaning ilm-fan va ta'lim sohasini nazorat qiluvchi Federal xizmat)da lizenziyalash, davlat budjetidan moliyaviy vositalarni olish, ma'muriy personal hamda professor-o‘qituvchilarni to‘plash. Bundan tashqari, bosh OTM bilan birga filialda qabul kampaniyasini yo‘lga qo‘yishga doir detallar ustida ish olib borayapmiz, bu iyun-iyul oylariga mo‘ljallangan", - deya ma'lum qiladi Alisher Sanetullayev.
«MIFI» MTYaU filialiga abituriyentlar fizika, matematika va rus tili bo‘yicha imtihonlar natijalariga ko‘ra saralanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan 100 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinib, davlat granti asosida bepul ta'lim olishi mumkin bo‘ladi. Qabulning qadamma-qadam algoritmi yaqin orada «MIFI» MTYaU filiali saytida taqdim etiladi.
Joriy yilda saralov faqat bakalavr dasturlariga to‘rt ixtisoslik bo‘yicha o‘tkaziladi:
· Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi;
· Yadroviy fizika va texnologiyalar;
· Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;
· Elektr energiyasi va elektr texnikasi.
OTM talabalari xalqaro standartlarga muvofiq yadroviy energetika va issiqlik fizikasi bo‘yicha muhandislik-texnik mutaxassisliklariga o‘qitiladi.
"Biz asosiy e'tiborni O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AES uchun kadrlar tayyorlashga qaratamiz. Shunga qaramay, olingan bilim va ko‘nikmalar bitiruvchilarga aralash yuqori texnologik sohalarda o‘z o‘rinlarini topish imkonini beradi. «MIFI» MTYaU xalqaro darajadagi universitet maqomiga ega bo‘lib, nafaqat yadroviy texnologiyalar sohasida, balki boshqa ilmiy sohalarda ham xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi", - dedi Alisher Sanetullayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yildan keyin, ilk yadroviy mutaxassis bitiruvchilari chiqarilayotganda filialda magistratura dasturi ochilishi mumkin. Hozircha O‘zbekistondagi OTM bitiruvchilari magistratura dasturi bo‘yicha faqat Moskvadagi bosh bo‘limda ta'lim olishi mumkin.
Shuningdek, professor va o‘qituvchilar tarkibini shakllantirishga oid ishlar davom etmoqda, saralov tanlov asosida amalga oshirilmoqda.
"Biz O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasidan tavsiya qilinuvchi nomzodlar ro‘yxatini oldik - bular O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari o‘qituvchilaridir. Ular bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda, tanlov asosida saralanmoqda. Tanlovda istagan kishi ishtirok etish imkoniga ega, shu bois mutaxassislar o‘z rezyumelarini ko‘rib chiqish uchun yo‘llashlari mumkin", - dedi filial rahbari.
O‘quv yili boshlanguniga qadar Toshkentdagi filial o‘qituvchilarini Moskvaga «MIFI» MTYaUga malaka oshirishga yo‘llash rejalashtirilmoqda.
"Mahalliy va xorijiy o‘qituvchilar nisbatini keyinroq, o‘quv rejasi hamda «MIFI» MTYaU standartlariga javob beruvchi mahalliy o‘qituvchilarning bor yoki yo‘qligidan kelib chiqib aniqlaymiz. Masalan, umumiy kurslarni biz saralaydigan mahalliy pedagoglar o‘tishi mumkin, ixtisoslashgan kurslar esa rossiyalik mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi. Boshqa mamlakatlar kadrlari ham jalb qilinishi ehtimoldan xoli emas, masalan, ingliz tili fanidan inglizzabon davlatlardagi o‘qituvchilar o‘qitishi mumkin", - deydi Alisher Sanetullayev.
«MIFI» filiali Ulug‘bek posyolkasida Yadroviy fizika instituti yaqinida joylashgan. Ayni damda filialga o‘quv korpusi sifatida berilgan binolarda rekonstruksiya va qurilish ishlari ketmoqda. OTMda eng yangi texnologiyalar bilan ta'minlangan 11 zamonaviy laboratoriya, talabalar va pedagoglar uchun yotoqxona hamda sport kompleksi, kutubxona faoliyat yuritadi.
«MIFI» MTYaUning Toshkentdagi filialida ta'lim olish Moskva shahridagi bosh OTM tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga ko‘ra amalga oshiriladi. «MIFI» filiali bitiruvchilari Rossiya namunasidagi, O‘zbekistonda tan olinuvchi diplomni qo‘lga kiritishadi. Barcha bitiruvchilar 5 yil muddatdan kam bo‘lmagan davrda respublikaning ishlab chiqarish va sanoat tashkilotlarida ishlashi kerak bo‘ladi.
Lola Raxmanbayeva
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

22:38 / 03.06.2025
Bo‘rijar kanalidagi voqea qahramonlari “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

17:32 / 03.06.2025
Qurbon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi

19:29 / 31.05.2025