Apple yangi iMac’ni taqdim etdi

Foto: Apple
Apple iMac ish stoli kompyuterlarining yangi modelini taqdim etdi, deb yozmoqda vc.ru. Apple oxirgi marta yangi iMac’ni 2017 yil yozida chiqargandi.
Apple’dan ma'lum qilishlaricha, 4K (21,5 dyuymli ekranga ega versiya) yoki 5K (27 dyuym) kenglikka ega yangi iMac oldingi modellarga qaraganda ancha kuchliroq. U 4K yoki 5K kenglikka ega Retina displeyi bilan jihozlangan - «Mac tarixidagi eng yaxshi Retina displeyi».
iMac sakkizinchi va to‘qqizinchi avloddagi Intel Core protsessorlari, Fusion Drive (27 dyuymli barcha modellarga o‘rnatiladi va 21,5 dyuym uchun ham mavjud) yuqori tezlikdagi to‘plagich hamda Radeon Pro 500X grafik protsessori bilan jihozlangan.
21,5 dyuymli displeyga ega iMac’ning narxi 14 mln so‘mdan, 27 dyuymli versiya uchun - 19 mln so‘mdan boshlanadi.



Mavzuga oid

17:03
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025