Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi
Joriy yil oxiriga rejalashtirilgan yangilanish piktogramma, menyu, ilovalar, oyna va tizim tugmalari uslubiga ta’sir etuvchi operatsion tizimlar ko‘rinishini keskin o‘zgartiradi.

Foto: Bloomberg
Apple 2025 yilda yangi avlod foydalanuvchilari uchun iPhone, iPad va Mac interfeysini o‘zgartirish uchun dasturiy ta’minotni tubdan yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 mart kuni Bloomberg jurnalisti Mark Gurman manbalarga tayanib xabar berdi.
Joriy yil oxiriga rejalashtirilgan yangilanish piktogramma, menyu, ilovalar, oyna va tizim tugmalari uslubiga ta’sir etuvchi operatsion tizimlar ko‘rinishini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda.
Apple qurilmalarni boshqarish va navigatsiyani osonlashtirmoqchi, dedi manbalar. Dizayn asosan Vision Pro aralash reallik garnituralarida joylashgan dasturiy ta’minotga asoslangan.
Bloomberg muallifi ta’kidlaganidek, o‘zgarishlarning asosiy maqsadi Apple kompaniyasining turli operatsion tizimlarini o‘xshash va izchilroq qilishdir. Hozir ilovalar, piktogrammalar va oyna uslublari MacOS, iOS va VisionOS orasida farqlanadi. Bundan tashqari, Apple yangi interfeys qurilmalarga talabni oshirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Mark Gurman rejalashtirilgan o‘zgarishni Apple tarixidagi eng yirik dasturiy yangilanishlardan biri deb atadi. Mac uchun bu 2020 yilda Big Sur tizimidan keyingi eng muhim yangilanish, iPhone uchun esa 2013 yilda iOS 7 tizimidan keyingi eng katta yangilanish bo‘ladi.
Alan Day, interfeys dizayni bo‘yicha vitse-prezident, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mas’uldir. U dasturiy ta’minot qanday ko‘rinishini va ishlashini aniqlaydigan guruhni boshqaradi. Alan Day avval Apple Watch, shuningdek, iOS 7 operatsion tizimini ishlab chiqish uchun mas’ul edi.
Yangilanish iyun oyida bo‘lib o‘tadigan WWDC butunjahon konferensiyasida taqdim etilishi kutilmoqda. O‘zgarishlar iOS 19, iPadOS 19 va MacOS 16 da mavjud bo‘ladi.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025