Sentabr oyidan Toshkentda "MGIMO" filiali ish boshlaydi
Joriy yilning sentabr oyidan O‘zbekistonda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) filiali ish boshlaydi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan mazkur oliy ta'lim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda bahorda Toshkent shahrida "MGIMO" bitiruvchilarining V Xalqaro forumini o‘tkazish va institut filialini ochish bilan bog‘liq amaliy jihatlar muhokama qilindi.

«Birgalikda kelajak sari» nomli "MGIMO" bitiruvchilarining Birinchi Umumjahon forumi 2013 yilda Boku shahrida o‘tkazilib, unda mazkur ta'lim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvchisi ishtirok etgan. Umuman, "MGIMO" bitiruvchilari assotsiatsiyasi kontakt bazasi 50 ming ismdan tashkil topgan.
Toshkent shahrida "MGIMO" filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, jumladan binoni ta'mirlash va o‘quv anjomlari bilan ta'minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
"MGIMO"ning Toshkent filiali joriy yilning sentabr oyidan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha to‘laqonli faoliyat ko‘rsata boshlashi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025
Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas – MMTV

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

22:35 / 05.07.2025