Oqdaryo tumani hokimi lavozimga rasman tasdiqlandi
Bugun, 31 yanvar kuni, xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanalida xabar qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Shu kunga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Feruz Ne'matullayevich Abilov Oqdaryo tuman hokimi etib rasman tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Feruz Abilov 2018 yilning 2 avgust kuni Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Undan avval u «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025