O‘zbekiston | 22:14 / 27.01.2019
31830
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarga prezident sovg‘asi tarqatildi - foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida nemis diyoridagi o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasidagi vakili Kamoliddin Bediyevning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, tashrifdan so‘ng Germaniyadagi vatandoshlar uchun O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida Shavkat Mirziyoyev nomidan ziyofat uyushtirilgan va vatandoshlarimizga Prezident sovg‘asi taqdim etilgan. Sovg‘a sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, sirtiga maxsus belgi tushirilgan Artel U5 smartfoni berilgan.

 

Mavzuga oid