8-sinf o‘quvchisi kitob o‘qib dadasiga Cobalt sovg‘a qildi – u buni qanday uddaladi?
Samarqandlik Nargiza Muhammadiyeva “Yosh kitobxon” tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. Unga prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilindi. Xo‘sh, bu yosh kitobxon qiz bir kunda qancha vaqtini kitob uchun sarflaydi, uning eng asosiy motivatori kim? Nargizaning yaqinlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda g‘alaba yo‘lidagi sinovlar, mag‘lubiyatlar, hadiklar haqida gapirib berdi.

Nargiza Muhammadiyeva Jomboy tumanidagi 12-umumta’lim maktabida o‘qiydi. U qirqdan ortiq badiiy-ommabop kitoblarni o‘qib chiqdi va “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasida birinchi o‘rinni egalladi.
Biz Nargiza bilan suhbatlashar ekanmiz, u dunyoqarashi, muloqot va nutq madaniyati jihatdan allaqachon tengdoshlaridan ilgarilab ketganini payqadik.
“Men mag‘lubiyatga ham tayyor edim. Bugungi natijamga qadar ko‘p urindim. “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat, respublika bosqichida ishtirok etdim. Bir necha marta mag‘lub bo‘ldim. Nasib qilgan ekan, mana, shu yilda tanlovda mutlaq g‘oliblikni egalladim. Ushbu muvaffaqiyatimda hamisha qo‘llab turgan ota-onamga, ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman. Bu natija bilan to‘xtab qolish niyatim yo‘q.
Tanlovga tayyorgarlik jarayonida boshqa fanlarda biroz qolib ketdim. Endi qolgan fanlarimni ham yaxshi o‘zlashtirib olmoqchiman. Matematika, ingliz tili fanlariga qiziqaman. Ushbu fanlarga alohida e’tibor qilib, o‘z bilimlarimni rivojlantirishni maqsad qilyapman. Kitoblar hayotning barcha sinovlari, qiyinchiliklarida ham to‘xtab qolmaslikni o‘rgatdi”, – deydi Nargiza Muhammadiyeva.
Ma’lum bo‘lishicha, Nargizaning tanlovlarda ishtirokini ta’minlash, unga zarur kitoblarni topib berishda otasi O‘lmas Murodovning xizmati katta. Buni nafaqat Nargizaning o‘zi, balki bu oilani yaqindan bilganlar ham e’tirof etdi. Otasi qizini hamisha ruhlantirib kelgan, ishonch bildirgan.
“Farzandlarimizga bergan e’tiborimiz uchun qandaydir moddiy manfaat kutish noto‘g‘ri deb hisoblayman. Ayrimlar qizimning bilimi uchun berilgan avtomashina bilan meni qutlashdi. To‘g‘ri, rag‘bat insonga kerak. Ammo haqiqiy rag‘bat qizimning o‘qigan kitoblari orqali uning miyasiga qabul qilgan xulosada deb bilaman. Uning dunyoqarashi, bilimini qandaydir moddiylik bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bundan keyin ham farzandlarimning ilm egasi bo‘lishi uchun harakatni to‘xtatmoqchi emasman”, – deydi O‘lmas Murodov.
Nargizaning o‘zi va ota-onasi bilan muloqotimiz davomida aniq bo‘ldiki, oilada ilmga tashnalik kayfiyati hukmron. Insonni o‘qish-izlanish yuksaltirishi, jamiyatda munosib o‘rnini topishiga ular ishonishadi.
“O‘zim ingliz tili fanidan dars beraman, shu yo‘nalishda o‘quv markazi tashkil qilganmiz. Biroq qizim Nargiza ko‘proq badiiy adabiyot mutolaasiga moyillik bildirdi. Pedagog bo‘lsam-da, bu borada ko‘proq uni turmush o‘rtog‘im qo‘llab-quvvatladi. Turli tanlovlarda ishtirok etishi uchun sharoit qilib berdik. Yaratganga shukur, bu o‘z natijasini berdi.
Shu o‘rinda ota-onalarga tavsiyamni bildirmoqchiman. Farzandingizning ko‘p vaqtini siz sotib olib bergan telefon o‘g‘irlayapti. Texnikalar zamon talabi deymiz, biroq bu qurilmalarni nazorat qilish, bolalarimizni boshqa sohalarga qiziqtirishimiz orqali ularni kashf qilaylik.
Yana bir xulosam shu bo‘ldiki, farzandlar otalarning qarorini ko‘proq jiddiy olishadi. Biz, onalar ko‘pincha ko‘ngilchanlik qilib qo‘yamiz, farzandlarimiz qiyinchilikka uchraganda maqsadi uchun rag‘bat berolmay qolamiz. Otalar farzand tarbiyasiga jiddiyroq e’tibor qilishsa, kutilgan natija ertaroq keladi”, – deydi Zarina Murodova.
Nargiza Muhammadiyeva o‘zi o‘qiyotgan Jomboy tumanidagi 12-umumta’lim maktabida katta tantana bilan kutib olindi.
Qobiliyat ko‘pchilikda bo‘ladi. Biroq u kimdadir ertaroq, kimdadir kechroq va turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Muhimi, uni yon-atrofdagilar, ayniqsa, ota-ona ertaroq anglab olishi muhim. Buni Nargiza Muhammadiyeva misolida ham ko‘rdik.
Isomiddin Po‘latov,
Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montaj ustasi: Jahongir Aliboyev
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025