Bahrom Qo‘chqorov: «Italiyadan O‘zbekistonga atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ko‘plab investorlar kelmoqda»
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo yuqori darajali VI konferensiyasida Italiyaning Atrof-muhit, yer va dengiz resurslari vazirligi bilan birgalikda ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga doir memorandum imzolandi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
«Hozirda Italiyadan O‘zbekistonga ko‘plab investorlar kelmoqda - chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhit muhofazasiga oid loyihalarni ishlab chiqarish jarayonidamiz. Italiyalik mutaxassislar, investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish mazkur memorandumda o‘z aksini topdi. Italiya tomon investitsiya olib kelishga, bizga yordam berishga, biz bilan ishlashga xayrixoh», - deydi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov.
Toshkentda o‘tgan Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo yuqori darajali konferensiyasi oltinchi marta o‘tkazilayotgani bois unda o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlarga tanqidiy baho berildi va qog‘ozdan amaliyotga o‘tish vaqti kelgani ta'kidlandi. Mazkur platformadan ko‘proq amaliy maqsadlarda foydalanishga kelishildi.
Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, sohada ko‘p ishlar qilingan, lekin muvofiqlashtirish, natijadorlik, samaradorlikka baho berilmagan.
Bundan tashqari, konferensiyada Orol bo‘yi mintaqasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishga alohida e'tibor qaratildi va bu boradagi tashabbuslar Markaziy Osiyo davlatlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yakuniy hujjatda O‘zbekistonning mana shu pozitsiyasi - Prezidentning Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida ilgari surgan g‘oyalari o‘z aksini topgan.
Mavzuga oid

20:50 / 30.05.2025
Prezident global siyosiy jarayonlar sharoitida Italiya bilan muloqot maydonini yaratish nihoyatda zarurligini ta’kidladi

20:07 / 30.05.2025
Markaziy Osiyo va Italiya rahbarlari Ostonada hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi

16:09 / 30.05.2025
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi

18:43 / 29.05.2025