Jizzaxda shisha zavodi qurishga 100 mln dollarlik investitsiyalar jalb etiladi

Foto: Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati
Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Azim Ahmedxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Fransiyada bo‘lib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, kuni kecha Fives Stein kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davlat rahbarining o‘tgan yilning oktabr oyida Fransiyaga qilgan rasmiy tashrifidan so‘ng zavod qurilishi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini jadallashtirish bo‘yicha o‘tkazildi.
Jizzax viloyati hududida arxitektura va avtomobil oynalarini ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish maqsadida Fransiya hukumati loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun 575 ming AQSh dollari miqdorida Fives Stein kompaniyasiga grant mablag‘larini ajratishga qaror qilgan.
Qurilishi rejalashtirilgan zavod jami 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb etib, kuniga 600 tonna shisha ishlab chiqarish va 200 dan ortiq ish o‘rinlari yaratishga mo‘ljallangan.
Muzokaralar natijasida Jizzax viloyati hokimligi va Fives Stein kompaniyasi o‘rtasida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Fives Stein shisha mahsulotlarini chiqarish uchun uskunalar va texnologik liniyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalarning biri bo‘lib, xalqaro miqyosda 200 yildan ortiq bo‘lgan tajribaga ega.
Kompaniyaning jahonda 30 dan ortiq mamlakatlarida 100 ta filiali va mintaqaviy ofislari mavjud. So‘nggi 20 yil ichida kompaniya Turkiya, Saudiya Arabistoni, Braziliya va Rossiya kabi mamlakatlarda 22ta zavod qurgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
Jamiyat | 07:40
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
Mavzuga oid

09:27 / 15.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

21:08 / 09.05.2025
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025