Jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan 240ta nasos stansiyasi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan 240 ta nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda almashtirish, nasos stansiyalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni avtomatlashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi 2019 yil 1 fevralga qadar modernizatsiya qilinadigan nasos stansiyalarining texnik-iqtisodiy hisoblashlarini ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Shuningdek, vazirlik 2019 yilning 1 avgustiga qadar tegishli loyiha tashkilotlari bilan birgalikda manzilli dasturga kiritilgan nasos stansiyalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan (SCADA) tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda ularning texnik-iqtisodiy hisoblashlari ishlab chiqilishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
-
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi
O‘zbekiston | 19:45
-
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:16
-
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Jahon | 19:12
Mavzuga oid

15:59 / 18.04.2025
Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi

22:30 / 19.09.2024
Foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlarda mevali bog‘lar barpo etiladi

16:25 / 08.08.2022
O‘zbekistonda gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi

22:10 / 16.08.2019