Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘llarda intellektual videokameralar o‘rnatiladi
Vazirlar Mahkamasining «2018–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.
Hukumat qarorida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik quyidagi shartlarda amalga oshirilishi belgilanmoqda:
- yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralarning integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish uchun beriladigan yo‘l uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi;
- yo‘l harakati monitoringi va intellektual videokameralar tizimi «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksga integratsiya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining «Ma'muriy amaliyot» kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulangan bo‘lishi, shuningdek, huquqbuzarlik holatlari haqidagi videoma'lumotlar va boshqa ma'lumotlar onlayn rejimida uzatilishini ta'minlashi kerak;
- pullik avtomobil to‘xtash joylari va pullik avtomobil saqlash joylaridan foydalanishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi — mahalliy byudjyetga tushadi va u maqsadli ravishda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi hamda kamida 70 foizi tutash hududning avtomototransport vositalari bilan to‘lishi hamda to‘lov avtomatlari va axborot tizimlari o‘rnatilgan avtomobil to‘xtash joylarining funksional imkoniyatlari hisobga olingan holda xususiy sherikning hisob raqamiga tushadi.
Shuningdek, o‘rnatilgan intellektual videokameralar yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun jarimalar summasining kamida 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga o‘tkaziladi, 20 foizi — yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda mahalliy byudjyetga tushadi, 30 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari jamg‘armasiga, yo‘l harakati intensivligi va intellektual kameralarning imkoniyatlari hisobga olingan holda 30 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi — xususiy sherikning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi
O‘zbekiston | 16:31
-
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi
O‘zbekiston | 16:03
-
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:59
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
Mavzuga oid

17:45 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi

17:01 / 09.07.2025
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

16:33 / 09.07.2025