Jahon | 09:03 / 24.11.2018
9287
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda Eyfel minorasi yopiladi. Benzin narxining oshishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tadi

Foto: RIA Novosti

Fransiya poytaxtida Eyfel minorasi norozilik namoyishlari tufayli yopiladi. Bu haqda diqqatga sazovor joyning tvitterida xabar berildi.

«Eyfel minorasi 24 noyabr kuni yopib qo‘yiladi, bu Mars maydonida o‘tkaziladigan namoyishlar tufayli yuz beradi», - deyiladi xabarda.

TASS ma'lumotiga ko‘ra, gap benzin narxining o‘sishi va soliqlarning oshirilishiga qarshi norozilik namoyishlari haqida bormoqda.

Ta'kidlanishicha, taxminan 30 mingga yaqin odam Parijga aksiyalarda ishtirok etish maqsadida kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada yoqilg‘i narxining ko‘tarilishiga qarshi ommaviy noroziliklarda bir kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid