Sport | 00:25 / 12.11.2018
5602
4 daqiqa o‘qiladi

TsSKA «Zenit»ni mag‘lub etdi. Rossiya chempionati turnir jadvalidagi holat

Rossiya Premer-Ligasining 14-turida Qozonning «Rubin» klubi Moskvaning «Lokomotiv» klubini qabul qildi. «Kazan Arena» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmay qoldi - 0:0.

Bu o‘yindan keyin, «temiryo‘lchilar» jamoasining Rossiya chempionatidagi 5 uchrashuv davom etgan g‘alabali seriyasi to‘xtatildi. Avvalgi 5 turda «Lokomotiv» «Axmat» (2:0), TsSKA (1:0), «Rostov» (2:1), «Yenisey» (3:0) va Tulaning «Arsenal» (3:1) klublarini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Endilikda «Lokomotiv» (25 ochko) Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushib qolgan, «Rubin» 20 ochko bilan – oltinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda «Lokomotiv» o‘z maydonida «Ural»ni qabul qiladi, «Rubin» safarda «Anji» bilan o‘ynaydi. Bu o‘yinlar 23 va 24 noyabr kunlariga belgilangan.

Bu tur doirasidagi yana bir uchrashuv «Krasnodar» va «Yenisey» o‘rtasida kechdi. Krasnodarliklar bu uchrashuvni yirik hisobda o‘z foydasiga hal qildi - 3:0.

G‘oliblar safida gollarga Yuriy Gazinskiy, Viktor Klasson va Sharl Kabore mualliflik qilishdi. Shu tariqa, «Yenisey» RPLdagi g‘alabasiz seriyasini 9 o‘yinga yetkazdi (ikki durang, yetti mag‘lubiyat).

«Krasnodar» ochkolari sonini 26taga yetkazgan holda Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa chiqib olgan, «Yenisey» 6 ochko bilan – 16-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turni «Yenisey» 24 noyabr kuni safarda Moskvaning «Dinamo» klubiga qarshi o‘tkazadi, «Krasnodar» 25 noyabr kuni Tulaning «Arsenal» klubini qabul qiladi.

Ushbu tur doirasidagi markaziy uchrashuvda Moskvaning TsSKA klubi o‘z maydonida Peterburgning «Zenit» klubini qabul qildi. Moskvadagi «VEB Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida rossiyalik hujumchi Fyodor Chalov va islandiyalik yarimhimoyachi Arnor Sigurdsson gollarga mualliflik qilishdi, ular g‘alabani ta'minlagan gollarni 15- va 26-daqiqalarda urishdi.

Mag‘lub bo‘lganiga qaramasdan «Zenit» Rossiya Premer-Ligasidagi peshqadamligini davom ettirmoqda, piterliklar hisobida 31 ochko mavjud. TsSKA 23 ochkosi bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda TsSKA Grozniyda «Axmat» klubi mehmoni bo‘ladi, «Zenit» esa «Rostov»ni qabul qiladi. O‘yinlar 23 va 25 noyabr kunlariga belgilangan.

Rossiya chempionati
14-tur

Rubin – Lokomotiv 0:0 (0:0, 0:0)
Rubin – Konovalov, Uremovich, Navas, Granat, Kambolov (Mogilevets, 77), Bayramyan, Konovalov (Podberezkin, 59), Ustinov, Kudryashov, Azmun, Buxarov (Poloz, 78).
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Chorluka, Kverkveliya, Ribus, Al. Miranchuk, Barinov, Krixovyak, An. Miranchuk, Smolov (Eder, 59), Farfan (Jyemaletdinov, 83).
Ogohlantirishlar: Ribus (30), Uremovich (40), Buxarov (65), Krixovyak (69).

Krasnodar – Yenisey 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 60 Gazinskiy, 2:0 – 70 Klasson, 3:0 – 85 Kabore.
Krasnodar – Safonov, Petrov, Martynovich, Spayich, Markov, Gazinskiy (Shishkin, 86), Pereyra (Kueva, 78), Kabore, Vanderson (Suleymanov, 78), Ari, Klasson.
Yenisey – Yurchenko, Zanev, Gasanov, Dugalich, Kichin, Gadjibekov, Ogude, Sarkisov (Komolov, 30), Zotov, Torbinskiy (Komkov, 66), Kutin (Obradovich, 61).
Ogohlantirishlar: Torbinskiy (18), Spayich (22).

TsSKA – Zenit 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 15 Chalov, 2:0 – 26 Sigurdsson.
TsSKA – Akinfeyev, Magnusson, Nababkin, SHCHennikov, Rodrigo Bekao, Axmetov (Xosonov, 51), Yefremov, Biyol, Vlashich, Sigurdsson (Bistrovich, 90), Chalov.
Zenit – Lunev, Mammana, Chernov, Ivanovich, Netu, Kuzyayev, Markizio (Zabolotnyy, 46), Mak (Driussi, 46), Yeroxin, Shatov, Dzyuba (Ernani, 74).
Ogohlantirishlar: Axmetov (31), Netu (37), Rodrigo Bekao (38).

Turnir jadvali

 

Mavzuga oid