Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish tizimi takomillashtiriladi

Foto: Depositphotos
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, Fanlar akademiyasining sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Davlat kimyo komissiyasi deb ataladi) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar Davlat kimyo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan respublikada va chet ellarda ishlab chiqarilgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining ilmiy-texnika hujjatlarini ekspertiza qilish, ularning biologik samaradorligini, toksikologik-gigiyenik va ekologik xususiyatlarini aniqlash uchun sinovlar tashkil etish;
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash tartibini tasdiqlash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, respublika qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun ruxsat etilgan preparatlar ro‘yxatiga kiritish va ro‘yxatdan chiqarish;
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan hamda import bo‘yicha keltiriladigan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy ta'sir qilishi, biologik samaradorligini yetarli darajada bo‘lmagan holatlari aniqlanganda ularni qo‘llashni taqiqlash.
Davlat kimyo komissiyasi optimallashtirilishi va uning tarkibi o‘zgarishi munosabati bilan quyidagilar belgilab qo‘yiladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilar uchun javobgardir:
o‘simliklarni himoya qilishning davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarish;
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek ularni tashish, saqlash qoidalari va qo‘llash reglamentlariga rioya etilishi, kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llashning sifati yuzasidan monitoringi yuritish;
qishloq xo‘jaligining kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalariga bo‘lgan, favqulodda vaziyat holatlari uchun esa kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining zaxiralarini shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalarini umumlashtirish orqali mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalariga bo‘lgan talabning har yilgi prognozlarini shakllantirish;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlanishining har yilgi balanslarini ishlab chiqish;
b) “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati quyidagilar uchun javobgardir:
qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari bilan ta'minlash;
shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat shartnomalariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta'minlash, shu jumladan, o‘simliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanishni, shuningdek ularni tashish, saqlash qoidalari va qo‘llash reglamentlariga rioya etilishini tashkil etish;
o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlar bilan kurashish sohasida fermerlar va dehqon xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga kompleksli agrokimyo xizmatlarini ko‘rsatish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashishning biologik usullarini keng ko‘lamda rivojlantirish va qo‘llashga ko‘maklashish, biomateriallar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, biolaboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, biologik preparatlarni ishlab chiqarish;
o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha profilaktika va integratsiya chora-tadbirlarini o‘z vaqtida tashkillashtirishni ta'minlash;
v) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilar uchun javobgardir:
pestitsidlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qo‘llash, zararsizlantirish, ko‘mishda normalar, qoidalar va normativlarga rioya qilinishi uchun sanitariya-gigiyena nazoratini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
oziq-ovqat mahsulotlarida va tabiiy-muhit obektlarida (suv, havo, tuproq) pestitsidlar mavjud bo‘lishining gigiyenik normativlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va pestitsidlarni toksikologik-gigiyenik baholash va xulosa berish;
pestitsidlar bilan ishlovchi shaxslarni dastlabki va tizimli ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda pestitsidlar bilan o‘tkir va surunkali zaharlangan bemorlarni tashxislash va davolash;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida pestitsidlar qoldig‘ini aniqlash;
g) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quyidagilar uchun javobgardir:
ro‘yxatdan o‘tkazishga tavsiya qilinayotgan va respublikada qo‘llanilayotgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini atrof-muhit (suv, havo, tuproq, hayvonot va o‘simlik dunyosi)ga ta'sirini xolisona baholash;
preparatlarning ta'sirchan moddasini identifikatsiyalash;
pestitsidlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, qo‘llash, zararsizlantirish, ko‘mishda atrof-muhit muhofazasi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
d) O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun javobgardir. Bunda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq bo‘lgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Belgilanishicha:
Davlat kimyo komissiyasi tomonidan belgilanadigan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash tartibi va shartlari, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat'i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha foydalanuvchilar uchun majburiydir;
belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, olib kelish, realizatsiya qilish va qo‘llash taqiqlanadi. Bunda o‘simliklarni himoya qilish yuzasidan ro‘yxatga olinmagan o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llagan tarzda shoshilinch choralar ko‘rish talab qilinadigan vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda bunday vositalarni bir yilgacha muddatda tajriba tarzida qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
Mavzuga oid

09:47 / 15.07.2025
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

09:22 / 14.07.2025