Suv ozishga yordam beradimi?
Suv Yerning barcha biosferalari asosini tashkil qiladi. Bu har qanday tirik organizmning asosidir. Barcha tirik jonzotlarning organizmiga doimiy ravishda suvning kirishi zarur.
Bu maqolada suv to‘g‘risidagi keng tarqalgan fikrlarni e'tiboringizga havola qilib, ulardan qaysilari haqiqat yoki aksincha ekaniga oydinlik kiritamiz.

1. Odam iste'mol qilishi kerak bo‘lgan kunlik norma 8 stakan
Umuman noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi, kuniga 8 stakan suv ichish normasi optimal bo‘lgan holatlar ehtimoli bor. Biroq bu normani universal va keng qamrovli deb bo‘lmaydi. Odam organizmining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji hajmi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu odamning antropometrik ma'lumotlari (bo‘yi va vazni), yoshi, sog‘lig‘ining holati, u yashaydigan joyning ob-havosi, bino ichidagi mikroiqlim, mashg‘ulot va h.k. Issiq va quruq havoda (yoki ana shunday iqlim hududida) odamning suvga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Bu holat faol jismoniy zo‘riqishlar paytida ham kuzatiladi.
2. Suv organizmdagi toksinlar yo‘qotilishiga yordam beradi
To‘g‘ri suv iste'molining ortishi buyraklar faoliyatining organizmdan namlikni yo‘qotish uchun faollashuviga sabab bo‘ladi. Bunda odam tanasidagi turli zararli moddalar tashqariga chiqish holati sodir bo‘ladi.
3. Ichimlik suvi ortiqcha vazn bilan kurashda yordam berishi mumkin
Bu haqiqatan ham shunday. Biroq gap faqat toza suv haqida ketmoqda. Gazli suvlar to‘g‘risida emas (ayniqsa, shirin gazli suvlar). Chunki bunday ichimliklar aksincha vazn to‘plashga olib keladi.
Ichimlik suvining ijobiy ta'siri haqida aytadigan bo‘lsak, uning mexanizmi oddiy. Birinchidan, uni ichish miqdori moddalar almashinuvini tezlashtiradi, organizmdagi zaharli moddalar chiqib ketishiga yordam beradi. Ikkinchidan, odatda odamlar ko‘pincha chanqoq hissini ochlik bilan adashtirishadi. Bir stakan oddiy suv ichib, biror narsa yeyish istagidan xalos bo‘lish mumkin.

4. Plastik butilkalardan ko‘p marotaba foydalanish tavsiya etilmaydi
Bu to‘g‘ri tavsiya. Gap shundaki, plastik butilkalarning bo‘yni ingichka bo‘lgani uchun ularning ichini yuvish murakkab. Shuning uchun ularda turli bakteriyalar to‘planadi. Bunday butilkalardan ko‘p marta foydalanish organizmga infeksiyalar kirishiga sabab bo‘ladi.
Bo‘yni yo‘g‘on butilkalarni (ularni yuvish osonroq) va shisha butilkalarni (ularni qaynatish mumkin) yoki bir martalik ichish trubkalarini tanlagan ma'qul.
5. Suvni bir necha marta qaynatish tavsiya etilmaydi
Bu juda keng tarqalgan fikr. Ko‘pchilik har qaynatilganida suvning tuzilishi o‘zgarib, “og‘irroq” bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Haqiqatan ham, takroriy (ko‘p marta) qaynatilganida suv tarkibida deyteriya (vodorodning og‘ir izotopi) konsentratsiyasi ortadi. Biroq bu ko‘payish shu qadar kam darajadaki, uni iste'mol qilish organizmga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

13:50 / 12.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi

11:51 / 29.05.2025
“Hali suv neftdan qimmat bo‘ladi” – tahlilchilar Markaziy Osiyo kelajagini prognoz qilmoqda

20:43 / 11.05.2025