«Barselona» qiyin g‘alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 4-turida «Barselona» «Real Sosedad» mehmoni bo‘ldi.
Maydon egalari o‘yinning 12-daqiqasidayoq Elustondoning zarbasi evaziga hisobni ochishdi.
Kataloniyaliklar faqat ikkinchi bo‘limga kelibgina vaziyatni o‘z tomonlariga og‘dirishga muvaffaq bo‘lishdi. 63- va 66-daqiqalarda Suares hamda Dembele bittadan gol urib, g‘alabani ta'minlashdi.
Bu g‘alabadan keyin «Barselona» 100 foizlik natija ko‘rsatgan holda Ispaniya primerasi turnir jadvalida 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Real Sosedad» esa 4 o‘yinda 1 g‘alaba va 1 durang evaziga 4 ochko to‘plab, turnir jadvalida 15-o‘rinda joylashgan.
Ispaniya chempionati
4-tur
Real Sosedad – Barselona 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 12 Elustondo, 1:1 – 63 Suares, 1:2 – 66 Dembele.
Real Sosedad – Ruli, Elustondo, Teo, Saldua, Moreno, Pardo (Sangali, 82), Ilyarramendi (Merino, 82), Xuanmi, Surutusa (Bautista, 73), Oyarsabal, Subeldiya.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rafinya (Buskets, 57), Rakitich, Dembele (Vidal, 77), Nelson Semedu (Koutino, 46), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Ilyarramendi (43), Umtiti (87).
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025