Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning “eng nochor prezidenti” yana bir pensiyadan voz kechdi

Foto: AR/TASS
Urugvayning sobiq prezidenti, kamtar turmush kechirishi sababli “dunyodagi eng nochor prezident” deb ataluvchi Xose Muxika senator bo‘lgani uchun belgilangan pensiyani olishni istamayotganini ma'lum qildi.
Muxika 2015 yilda prezidentlik muddati yakunlangach, mamlakat senatida ishlay boshlagan. 14 avgustda u senator lavozimidan ketgan.
Muxika ushbu lavozimda 2020 yilgacha qolishi mumkin edi, biroq pensiyaga ketish iltimosi haqidagi maktubida “uzoq sayohatdan keyin charchagani”ni yozgan.
“Mening aqlim hali rasoligiga qaramasdan, men hamfikrlik va g‘oyaviy kurashdan voz kecha olmayman”, deb aytilgan Muxikaning o‘z rafiqasi – senat boshlig‘i Lusiya Topolanski nomiga yozilgan maktubida.
Hozirda 83 yoshda bo‘lgan Muxika o‘z vaqtida umrining 14 yilini harbiy turmalarda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. U kamtar turmush kechirishi bilan tanilgan. Muxika prezidentlik muddati (2010 yil 1 martdan 2015 yil 1 martgacha) davomida va undan keyin rafiqasi bilan mamlakat poytaxti Montevideo yaqinidagi fermalarida yashagan.
Muxika prezidentlik maoshining deyarli hammasini xayriya ishlariga bergan. Uning fermasidan tashqari yagona mulki 1987 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle avtomobili hisoblanadi. Muxikaga 2014 yilda bu mashinani 1 mln dollarga sotish taklif qilingan, biroq u bunga rozi bo‘lmagan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
Mavzuga oid

16:05 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?

08:03 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi

14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi

12:37 / 07.07.2024