O‘zbekiston va Yaponiya kadrlar tayyorlashda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Foto: UzReport
2018 yil 10 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (Japan International Cooperation Agency – JICA) vakillaridan iborat delegatsiya rasmiy qabul qilindi.
Uchrashuvda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Muneo Takasaka hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov tomonidan jami 262 mln. yapon iyenasi (2,3 mln dan ortiq AQSh dollari) miqdorida grant kelishuvi imzolandi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda JICA o‘rtasida imzolangan grant kelishuviga muvofiq Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturidagi “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish” (Japanese Grant Aid for Human Resource Development Scholarship – JDS) loyihasi doirasida vazirlik va idoralar, tadqiqot muassasalari hamda davlat kompaniyalari xodimlarining o‘qishi tashkil etiladi.
Bunda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha iqtisod infrastrukturalarini takomillashtirish, biznes sohasi, qonunchilik tizimi, davlat mablag‘lari, qishloq xo‘jaligi va suv resurslari, aholi salomatligini saqlashni boshqarish yo‘nalishlarida tanlab olingan nomzodlar 2019-2022 yillarda ta'lim olish uchun Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga yuboriladi.
JDS loyihasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasiga inson resurslarini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda yosh davlat xizmatchilari uchun Yaponiyaning ilg‘or o‘quv yurtlarida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish imkonini yaratishdan iborat. O‘tgan davr mobaynida jami 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari ushbu stipendiyaga sazovor bo‘lishgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

17:10 / 30.04.2024
"To‘ra Abdiyevich, qattiqroq oling" - Zoyir Mirzayev tibbiyotda yosh kadrlarni ishga olishdagi muammolar haqida

12:22 / 06.02.2024
Bakalavriat bo‘yicha 3 yillik ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi

07:49 / 18.05.2021
Mamlakat kadrlar zaxirasiga muhtoj, ammo minglab bitiruvchilar qayerda?

20:34 / 22.05.2019