Yetti yoshli qizcha kompyuterda o‘yin yaratib, onlayn servisga joylashtirdi
Dasturchi Lens Makdonaldning yetti yoshli qizi Penni Makdonald o‘zi yaratgan o‘yinni Steam onlayn servisiga joylashtirdi.
U 24 iyul kuni darslikdan Qbasic dasturlash tilini o‘rganishni boshladi.

Foto: Lance McDonald
2 avgust kuni o‘yinlar va dasturlar joylashtiriladigan Steam onlayn servisida u yaratgan Answer the Question o‘yini paydo bo‘ldi. Uning narxi 50 sent turadi. O‘yin matematik trenajyor bo‘lib, foydalanuvchiga turli arifmetik amallarni bajarishni taklif etadi.
Penni o‘yinni o‘zi ishlab chiqdi, otasi bu o‘yinni servisga joylashtirishga yordam berdi.
Mavzuga oid

14:17 / 27.02.2025
Xitoylik erkak bolalar o‘yinidan Maserati avtomobilini yutib oldi

12:30 / 10.02.2025
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda

16:09 / 04.11.2024
Olimlar miyaning qarishini sekinlashtiradigan o‘yinni aniqladi

15:31 / 18.05.2024