Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada an’anaviy bekinmachoq o‘yini uchun 100 nafar ishtirokchi qidirilmoqda
O‘yin fevral oyi oxirida, Hokkaydoning qorli tepaliklarida o‘tkaziladi.

Foto: prtimes.jp
Yaponiyaning Bekinmachoq assotsiatsiyasi fevral oyi oxirida 100 dan ortiq ishtirokchi bilan katta o‘yin o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
O‘yin o‘tkaziladigan joy sifatida Hokkaydo prefekturasining Shakotan yarimorolida joylashgan kichik Shakotan qishlog‘i tepaliklari tanlangan. Qishloqda qish juda sovuq o‘tadi — sanoqli kunlardagina kunduzi harorat 1 darajaga ko‘tariladi. Hududning aksariyat qismi doimiy qalin qor ostida bo‘ladi. Qishloqda atigi 2200 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Yaponiya Bekinmachoq assotsiatsiyasi bu o‘yinni tez-tez o‘tkazib keladi, masalan kuzda ushbu o‘yin Nagasakidagi kimsasiz orolda tashkillashtirilgan. O‘tgan yili qishda ham bekinmachoq qor ostida o‘tkazilgan.
Ayni paytda tashkilot 2025 yilgi o‘yinda qatnashishni istagan 100 nafar ishtirokchini qidirmoqda. Bu yilgi o‘yin 23 fevralga rejalashtirilgan, o‘sha kuni harorat -5-10 darajagacha tushishi mumkin. Assotsiatsiyadagilar ta’kidlashicha, ishtirokchilar issiq kiyimda bo‘lishi kerak. 6 yoshdan oshgan barcha ko‘ngillilar unda ishtirok etishi mumkin, o‘tgan yili eng keksa ishtirokchi 60 yoshda bo‘lgan.
O‘yinning mohiyati yashirinishdan iborat bo‘lsa-da, ishtirokchilar bo‘ronda yo‘qolib qolmasligi uchun ba’zi ehtiyot choralari ko‘rilgan.
O‘yinda qatnashish uchun chipta sotib olish kerak. Odamlarni qidirishga avvalgi bekinmachoq o‘yinlarida g‘olib bo‘lganlar, Antarktikada tajriba orttirgan tadqiqotchilar va Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari xodimlari jalb qilinadi.
O‘yin shartlari odatiy bekinmachoqdan biroz farq qiladi. Unda ishtirokchilar uzoq vaqt yashirinishi kerak emas, balki o‘yin boshlanganidan keyin uch daqiqa ichida qidiruvchilarga ko‘rinmay bazaga qaytib kela olishi kerak. O‘yin bir necha raundlardan iborat bo‘ladi.
Tadbir 12:45 dan 16:00 gacha davom etadi. Ishtirokchilar tush paytida mahalliy jamoat markazida to‘planadi, so‘ng birgalikda o‘yin o‘tkaziladigan joyga boradi. Oddiy chiptalar kattalar uchun 3000 iyena (19 dollar), bolalar uchun 1500 iyena turadi. Bundan tashqari, yoshidan qat’i nazar, xohlovchilarga 15000 iyenalik 16 ta chipta ham mavjud. U yotoqxonada tunash, mahalliy issiq buloq va saunadan foydalanish hamda ziyofatni o‘z ichiga oladi. Chiptalarni ushbu saytda onlayn buyurtma qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

00:31 / 10.07.2025