Jahon | 09:41 / 03.08.2018
5733
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Myuller bilan uchrashish haqida qachon qaror qabul qilishi ma'lum

Foto: Carolyn Kaster/AP Photo

AQSh prezidentining advokati Rudolf Juliani so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp 10 kun ichida prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha ish bilan shug‘ullanayotgan maxsus prokuror Robert Myuller bilan uchrashish haqida qaror qabul qiladi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Myuller uchrashish haqidagi qarorni yetti yoki o‘n kun ichida qabul qiladi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp advokatlari uchrashishdan bosh tortish imkoniyatini hamon ko‘rib chiqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp «Rossiya ishi»ga tvitter yordamida xalaqit berishga uringanlikda gumonlanayotgani bildirilgandi.

Mavzuga oid