Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktam Hayitov endi siyosiy partiyaga rahbarlik qiladi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi binosida O‘zLiDeP Siyosiy kengashining navbatdagi – X yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Partiya axborot xizmati xabar berishicha, unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zLiDeP Siyosiy kengashi a'zosi Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. O‘zLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisligiga shu paytga qadar O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan Aktam Axmatovich Hayitov saylangan.
Ma'lumot uchun, Aktam Hayitov 1974 yilda tug‘ilgan. 1994 yilda Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. U 2010 yil martidan 2014 yil iyuliga qadar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2014 yil sentabridan esa «Biokimyo» AJning iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktori bo‘lgan, 2016 yil oktabridan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») bosh direktori sifatida ish boshlagan, ammo 8 oylik faoliyatdan keyin, 2017 yil avgustida ishdan olinib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkazilgandi.
Hayitov navbatdagi lavozimda ham ko‘p vaqt ishlamagan, shu yilning martida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tanqidga uchrab, aprel oyida ishdan olingan va O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimida ish boshlagandi.
Ma'lumot uchun, partiyaning avvalgi raisi Sodiqjon Turdiyev 2017 yilning avgustida lavozimi tark etib, Andijon viloyatining Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlangach, uning vazifasini shu paytga qadar vaqtincha Baxtiyor Sultonnazarovich Yoqubov bajarib kelayotgan edi. Ayni vaqtda u partiya siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosariga aylangan.
Partiya raisining yana ikki o‘rinbosari bor, bular Dilshod Shavkatovich Shoumarov hamda Elbek Habibullayevich Shukurovdir.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
-
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri
O‘zbekiston | 21:40
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
Mavzuga oid

15:19 / 06.07.2025
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda

11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida

11:12 / 27.08.2024
Saylovlarga tayyorgarlikni 2020 yildayoq boshlaganmiz – Aktam Hayitov

15:38 / 25.07.2023