Sport | 11:02 / 04.06.2018
24333
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldoning ramziy terma jamoasidan Ronaldu joy olmadi

Foto: EFE

Braziliya terma jamoasi safida ikki karra jahon chempioni Ronaldo futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi. Biroq braziliyalik ayni vaqtda jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri Krishtianu Ronalduni bu tarkibga kiritishni lozim topmadi.

Ronaldo “orzusidagi jamoa”ga darvozabon Janluiji Buffon, himoyachilar Kafu, Paolo Maldini, Fabio Kannavaro va Roberto Karlos, yarim himoyachilar Andrea Pirlo, Zinedin Zidan va Diyego Maradona, hujumchilar Lionel Messi, Pele hamda o‘zini kiritgan.

Ammo Ronaldo 5 karra “Oltin to‘p” sohibi, 5 karra Chempionlar ligasi g‘olibi, 2016 yilgi Yevropa chempionini e'tibordan chetda qoldirgan.  

Ronaldo ham o‘z vaqtida “Real” Madrid safida to‘p surgan. U “qaymoqranglilar” bilan 2 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Braziliyalik, shuningdek, 1994 va 2002 yillar jahon chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, u “Barselona”, “Inter” va “Milan” klublari safida to‘p surgan.

Mavzuga oid