Jamiyat | 11:31 / 29.05.2018
5275
3 daqiqa o‘qiladi

«Bir yillik» stajyorlar notarius bo‘la oladilar

Notarius lavozimiga nomzodlarning majburiy stajirovka o‘tash muddati ikki baravar qisqartirildi. Endi u sudyalik lavozimida 5 yil yoki notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda 3 yil ishlagan nomzodlar uchun talab etilmaydi, deb yozmoqda Norma.

Stajirovka: 1 yil, ayrim shaxslarga – umuman kerak emas
 
Notarius lavozimiga nomzodlarning majburiy stajirovka o‘tash muddati 2 yildan 1 yilga qisqartirildi. Quyidagi mutaxassislarning stajirovka o‘tashlari talab etilmaydi:
 
• sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan;
• notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda (adliya organlarining tegishli boshqarmasida) kamida 3 yil ishlagan.
 
Shunisi e'tiborga loyiqki, bu qaror kuchga kirgan paytda (26.05.2018 yil) stajirovka o‘tayotgan, yuqorida sanab o‘tilgan xodimlarga ham taalluqlidir. Ya'ni ko‘rsatilgan sanaga kelib 1 yillik stajirovkani o‘tab bo‘lgan barcha mutaxassislar, shuningdek sobiq sudyalar va tegishli adliya xodimlari – stajirovka o‘tash muddatidan qat'i nazar, notarius lavozimiga tanlovda qatnashishga haqlidirlar. 
 
Tanlov – onlayn translyatsiya bilan, notariuslar soni ko‘payishi kerak
 
Bundan buyon tanlov asosida tanlab olish jarayoni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.  
 
Bundan tashqari, aholining notarial xizmatlardan foydalanish imkonini oshirish maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilash mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi. Hozir notarial okrugda amalga oshirilgan notarial harakatlarning o‘rtacha oylik soni (odatda, so‘nggi 3 yildagi) va ushbu okrugdagi aholi soni hisobga qabul qilinmoqda. 
 
Notariuslarni stressni, kelishmovchiliklarni boshqarish va ish vaqtini samarali tashkil etishga o‘rgatadilar
 
Notariuslarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv reja va dasturlariga shu va yuridik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan fanlar va ko‘nikmalarga o‘rgatadilar. Eslatib o‘tamiz, har bir notarius 3 yilda kamida 1 marta o‘z kasbiy malakasini oshirishi shart («Notariat to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasi).
 
Har bir notarial idorada – maxsus kassa

 
Barcha notarial idoralar maxsus kassalar bilan ta'minlanadi, ularda bank plastik kartochkalaridan to‘lovni qabul qilish bo‘yicha hisob terminallari o‘rnatiladi. Ular notarial idoralarda belgilangan ish vaqtiga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
 
Tijorat banklari notariuslar tomonidan ushbu maxsus kassalar orqali undiriladigan davlat bojlarining jami summasidan ajratma oladilar.
  
Hujjat 26.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq notariuslar xususiy bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi

Mavzuga oid