Ayrim notarial xizmatlar narxi oshirildi
Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha maslahat berish, shuningdek ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash narxlari o‘zgardi.

Foto: Yandex Maps
Adliya vazirining buyrug‘i bilan notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, quyidagi xizmatlar uchun komissiya to‘lovlari miqdori oshirildi:
- Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha maslahat berish, shuningdek ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash – BHM 10 foizidan 15 foizigacha.
Notarial tasdiqlangan shartnomalarni tayyorlash:
- Ko‘chmas mulkni o‘tkazish bo‘yicha – BHM 20 foizidan 30 foizigacha;
- garov (ipoteka) va lizing (jismoniy shaxslar uchun yoki bir tomoni jismoniy shaxs bo‘lsa) – BHM 15 foizidan 25 foizigacha.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

07:59 / 30.04.2025
Toshkent ko‘chmas mulk bozorida uy-joylarning o‘rtacha narxi pasaydi

21:16 / 29.04.2025
Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi

18:51 / 05.03.2025