Parlament: davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta'minlashning yangi uslubi joriy etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash» mavzuida seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilari jamoatchilik kengashi faoliyati, kengash tomonidan amalga oshirilayotgan davlat organlarining «ochiqlik indeksi»ni baholash va monitoringini o‘tkazish natijalari bilan tanishdi. Ta'kidlanganidek, kengash tomonidan amalga oshirilayotgan davlat organlarining «ochiqlik indeksi»ni baholash va monitoringini o‘tkazish yaxshi samara bermoqda, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati.
Tadbir davomida davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta'minlashning yangi uslubini joriy etish bo‘yicha fikr yuritildi. Hozirgacha davlat organlari faoliyati ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘ygan ishlari asosida baholangan bo‘lsa, endilikda bu ishlarning sifati va soni, uning samaradorligini baholash mexanizmi joriy etiladi. Bunda, eng avvalo, davlat organlari rahbariyatining keng auditoriya bilan muloqoti nazarda tutilmoqda. Bu uslub joriy yilning 1 iyulidan qo‘llaniladi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonuni fuqarolarning ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlardan foydalanishini huquqiy kafolatlash bilan bir qatorda davlat organlari faoliyati ochiqligini ta'minlashning shakl va uslublari, davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashishning aniq mexanizmlarini belgilab berdi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi shakllantirildi. Kengash ishlab chiqqan metodika hamda reglament asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining monitoringi olib borilmoqda. Monitoring natijalari har yili ikki marotaba (1 yanvar va 1 iyul holatiga) e'lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

11:10 / 30.04.2025
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?

19:36 / 22.02.2025
“Budjetni deputatlar yozishi kerak” - parlamentlar haqida iqtisodchi bilan suhbat

21:24 / 28.04.2022
Hokim yordamchilari uchun malaka oshirish seminari boshlandi

20:32 / 07.08.2021