O‘zbekiston | 10:05 / 09.03.2018
8498
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident qarori: Qoraqalpog‘istonda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

Foto: Illyustrativ foto

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qarorga asosan Amudaryo, Xo‘jayli, Chimboy, Qo‘ng‘irot, Beruniy va Taxiatosh tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va bo‘sh turgan obektlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari hududidagi tadbirkorlik sub'yektlariga:

davlat ko‘chmas mulki obektlari loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi;

davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining “nol” stavkasi belgilanadi;

2020 yilning 1 fevraliga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Mazkur kichik zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 75 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilmoqda.

Mavzuga oid