Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Samarqandda Angliya, Andijon viloyatida Kanadaga hamda Qoraqalpog‘istonda Serbiya yoki Bolgariya davlatlariga ishga jo‘natishni va’da berib, fuqarolarning pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Respublikaning uchta hududida xorijiy davlatga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Sh. fuqaro Sh.B. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishlash uchun yuborishni va’da qilgani hamda buning evaziga ularning 18 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro X.T. fuqaro S.K.ning ishonchiga kirib, uni Kanada davlatiga ishga yuborishi evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro I.J. fuqaro E.X.ni 1 500 dollar evaziga Serbiya yoki Bolgariya davlatlariga ishlash uchun viza olib berishini aytib, shundan 500 dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Toshkentda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

09:25 / 05.06.2025
Yer maydonlarini 500 ming dollardan ortiq mablag‘ga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

16:44 / 04.06.2025
Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

10:45 / 04.06.2025