Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov yana bir tashkilot prezidenti etib saylandi

Foto: The-uff.com
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston Futbol Assotsiatsiyasilari (CAFA)ning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 24 fevral kuni Toshkentdagi «HYATT REGENCY» mehmonxonasida CAFAga a'zo mamlakat vakillari ishtirokida Kongress bo‘lib o‘tgan. Aynan shu tadbirda Ahmadjonov yangi lavozimga tayinlangan.
Kongressda Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlardan delegatlardan tashqari, Janubiy Koreya va Qatar davlatidan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi.
KAFA Kongressida quyidagi rasmiy delegatlar ishtirok etishdi:
Said Alirizo Og‘azodiy – Afg‘oniston Futbol Federatsiyasi Bosh kotibi
Mahdiy Taj – Eron futbol federatsiyasi Prezidenti
Ali Kafashiyan (Eron) – OFK vitse-prezidenti
Semetey Sultanov – Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi Prezidenti
Dostonbek Qonoqboyev - Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti
Xurshed Mirzo (Tojikiston) – KAFA vitse-prezidenti
Davlatmand Islomov – Tojikiston futbol federatsiyasi Bosh kotibi
Farhod Sayfiddinov (Tojikiston) – Ijroiya qo‘mitasi a'zosi
Chariyar Atayev - Turkmaniston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti
Bobonazar Haqnazarov – Turkmaniston FF musobaqalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i
Shuningdek, KAFA Kongressiga quyidagi mehmonlar taklif etilgan:
Vohid Kardaniy (Eron) – OFK Xalqaro boshqarma boshlig‘i
Chung Mong Gyu – Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi prezidenti
Park Yong Su - Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi
Shayx Xalifa at-Taniy – Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidenti
Xalifa Husayn Johar – Qatar futbol Assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi
Tariq an-Na'ma - Qatar futbol Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti
Ali Dovud Ash-Shukriy – Qatar futbol Assotsiatsiyasi Ijrochi-direktori
Mushtoq Al-Vayili - Qatar futbol Assotsiatsiyasi Ijrochi-direktori
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Iqtisodiyot | 17:58
-
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57
-
UzIMEI bo‘yicha raqamli texnologiyalar vaziriga senator so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 17:42
-
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston | 17:38
Mavzuga oid

19:21 / 12.06.2023
Toshkent mezbonlik qilayotgan futbol musobaqasida qimor o‘yinlari noqonuniy reklama qilinmoqda

10:38 / 12.06.2023
Ochilish marosimi, Masharipovlar, ikki debyutant. Hujumchisiz O‘zbekiston 3ta gol urgan o‘yindan sara fotosuratlar

21:23 / 03.05.2023
Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo Kubogini birgalikda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi

22:44 / 24.04.2023