Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo Kubogini birgalikda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi
Futbol bo‘yicha Osiyoning eng asosiy turniri 2031 yoki 2035 yilda o‘tkazilishi mumkin.

Foto: Getty Images
Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) prezidenti Rustam Emomali Dushanbeda bo‘lib o‘tgan kongressda Markaziy Osiyo davlatlari 2031 yoki 2035 yillarda Osiyo Kubogini o‘tkazish uchun ariza berishini aytdi.
«Markaziy Osiyo mintaqasi hech qachon Osiyo Kubogining final bosqichiga mezbonlik qilmagan. Menimcha, bu vaqt keldi. Hududda juda kuchli jamoalar ishtirok etmoqda va ishonchim komil, qardosh davlatlar bilan birgalikda Osiyo chempionatining final qismini yuqori saviyada o‘tkazamiz. Biz 2031 yoki 2035 yilgi Osiyo Kubogini Markaziy Osiyoda o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirishga qaror qildik», dedi Rustam Emomali.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Ol-Xalifa CAFA rahbari Rustam Emomalining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu mamlakatlar Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishga munosib ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 1-vitse-prezidenti, OFK Ijro qo‘mitasi a’zosi Ravshan Ermatov CAFA prezidenti Rustam Emomali tashabbusi haqida fikr bildirdi.
«Biz CAFA prezidenti Rustam Emomalining Osiyo Kubogining final qismini Markaziy Osiyoda o‘tkazish uchun ariza berish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun qo‘shma ariza topshirish mintaqamizda futbolning barcha jabhalarini rivojlantirish yo‘lidagi juda yaxshi qadamdir. Avvalo, infratuzilma borasida mavjud stadionlarni tartibga keltiramiz, OFK va FIFA standartlariga javob beradigan yangi stadionlarni quramiz. Agar bizga Osiyo Kubogi final qismini o‘tkazishga ishonch bildirilsa, bizni katta futbol bayrami kutayotganidan juda ruhlanamiz. Bu esa do‘st va qardosh mamlakatlarni futbol orqali birlashtiradi», dedi Ermatov.
2014 yil iyun oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) OFK beshta hududidan biriga kiradi. Tashkilot olti davlat – Turkmaniston, Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyalarini birlashtiradi.
Osiyo Kubogi (AFC Asian Cup) Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) boshchiligida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo milliy jamoalarining asosiy musobaqasidir. Turnir 1956 yildan beri o‘tkazilmoqda. Unda Yaponiya milliy jamoasi eng ko‘p – 4 marta g‘alaba qozongan.
O‘zbekiston milliy jamoasining eng katta yutug‘i 2011 yilda Qatardagi turnirda qayd etilgan: Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi milliy jamoa kuchli to‘rtlikka kirishga erishgan.
Navbatdagi Osiyo Kubogi 2024 yil yanvarida Qatarda bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 ta jamoa qatnashadi. 2027 yilgi Osiyo Kubogi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

16:56 / 07.07.2025
«Nasaf» klubi matbuot xizmati xodimi raqiblarni haqoratladi. U ishdan bo‘shatilgan

14:38 / 07.07.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon 2027 yilgi U-20 jahon chempionatini birgalikda o‘tkazishi mumkin

20:01 / 09.06.2025