Jamiyat | 12:36 / 23.02.2018
21305
1 daqiqa o‘qiladi

«Yosh kitobxon»: bu gal «Spark» Farg‘onaga ketadi

Foto: Yoshlar Ittifoqi

«Yosh kitobxon» tanlovining ikkinchi turi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Murakkab shartlar, qizg‘in bahslardan so‘ng «Yosh kitobxon» tanlovining mutlaq g‘olibi aniqlanib, va'da qilingan Prezident sovg‘asi, ikkinchi «Spark» ham o‘z egasini topdi.

Farg‘onalik Sharofatxon Ismoilova 270.05 ball bilan 1-o‘rinni, qashqadaryolik Abdilaziz Qurbonov 217.75 ball bilan 2-o‘rinni, Toshkent shahridan Sarvinoz Saksonova 200 ball bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘ringa eng oliy sovrin — «Spark» avtomashinasi, ikkinchi o‘ringa kompyuter jamlanmasi, uchinchi o‘ringa esa 200 dona kitob berildi.

Mavzuga oid