Moskva Klinton va Obamaga ta'sir o‘tkazish uchun millionlab dollar sarflagan – OAV

Foto: Reuters
FTB axborotchisi AQSh kongressiga shunday ma'lumotni berganki, unga ko‘ra rasmiy Moskva go‘yoki lobbistik firmalarga millionlab dollar mablag‘ to‘lagan. Bu AQSh sobiq prezidenti Barak Obama hamda sobiq davlat kotibi Hillari Klintonga ta'sir ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Fox News.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, APCO Worldwide firmasi 3 mln dollarga teng bo‘lgan har yillik gonorar bir qismini Bill Klinton fondiga o‘tkazish uchun sarflashi kerak bo‘lgan, bu Obamaning AQSh va Rossiya o‘rtasidagi «uran bitimi» hamda boshqa masalalar bo‘yicha ijobiy qarori uchun kerak bo‘lgan.
O‘z navbatida, kompaniyadagilar ushbu ma'lumotni rad etib chiqishdi.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025