Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik yoshlar uchun tibbiyot oliygohlaridagi qabul kvotalari oshiriladi
28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati tanqidiy baholar asosida tahlil etildi. Mavjud muammolar ochiq gapirildi, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Prezident Qashqadaryo viloyatidagi sog‘liqni saqlash tizimi, bu borada ta'lim olish sifati va tizimi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimida ham qator muammolar mavjud. Bugungi kunda viloyatda 761ta vrachlik shtati vakant. Shuning uchun, birinchi navbatda, Sog‘liqni saqlash vaziri Shodmonov, viloyat hokimi Ro‘ziyev joriy yilda tibbiyot oliygohlarini bitiruvchilari va magistrlarning 407 nafarini ish bilan ta'minlashlari kerak. Shu bilan vakant o‘rinlarini qoplash chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur.
Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vaziri Shodmonov, viloyat hokimi Ro‘ziyev 2018 yilda viloyatda qo‘shimcha 60ta yangi xususiy tibbiyot klinikalarini qurish va ishlab turgan 22tasining faoliyatini kengaytirish choralarini ko‘rishlari kerak.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta'lim vazirligi viloyatda tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida Qashqadaryo yoshlari uchun qabul kvotalarini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur. Biz buni hamma viloyatda tashkil qila olmaymiz. Surxondaryoda tibbiyot filialini ochganmiz, ularda 5000 nafar shifokor yetishmayapti. Qashqadaryoda esa mingta. Viloyatdagi barcha tumanlar bilan gaplashib, bu ishni hozirdan reja qilib borish kerak», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
-
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurol yuborishga va’da berdi
Jahon | 11:31
-
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 11:16
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025