Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qamchiq» dovonining har 20 kilometrida shoshilinch tibbiy yordam xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Prezidenti "Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. KUN.UZ muxbiri Prezident matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan brifingda taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
2018 yilda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bundan maqsad - tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish muddatini qisqartirish.
Dasturga ko‘ra, tez tibbiy yordam xizmati ixtisoslashtirilgan avtotransporti zamonaviy tibbiy uskunalar va raqamli radioaloqa vositalari, xususan, ratsiyalar va qo‘shimcha vositalar bilan jihozlanadi.
Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi takomillashtiriladi.
Butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo‘ljallangan, 24 soat ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta'minlaydigan Call-markazlar tashkil etiladi va ularda shifokorlar xizmat ko‘rsatadi.
Ma'lum qilinishicha, "Qamchiq" dovonining har 20 kilometrida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, 2018 yilning 1 fevralidan sanitar shtati mavjud bo‘lmagan taqdirda, tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish bo‘yicha qo‘shimcha ravishda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uchun tarif stavkasining 30 foizi miqdorida ustama haq to‘lanadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, tibbiyot muassasalari rahbarlarini mazkur muassasalar tomonidan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish asossiz ravishda rad etilgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun hujjati loyihasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025